Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Farg‘ona suv ta'minoti» tuman bo‘limida talon-torojliklar fosh etildi
Sobiq rahbar va moddiy javobgar shaxslar aholidan ichimlik suvi va oqava xizmati uchun yig‘ilgan 108,5 mln so‘mlik kvitansiyalarni elektron bazaga kiritmagan, shuningdek 2020 yil davomida to‘lov kvitansiyalari orqali yig‘ilgan 14,8 mln so‘mni o‘zlashtirib yuborgani aniqlangan.
Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Farg‘ona tuman bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.
Unda “Farg‘ona suv ta'minoti” MChJning Farg‘ona tumani bo‘limi sobiq rahbari O‘.T. va moddiy javobgar shaxslar aholidan ichimlik suvi va oqava xizmati uchun yig‘ilgan 108,5 mln so‘mlik kvitansiyalarni elektron bazaga kiritmagani, shuningdek 2020 yil davomida bo‘lim muhri bilan tasdiqlangan to‘lov kvitansiyalari orqali yig‘ilgan 14,8 mln so‘mni o‘zlashtirib yuborgani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan O‘.T. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
08:24 / 13.04.2026
DXX tezkor tadbiri: Qo‘qonga olib ketilayotgan dorilar to‘xtatildi
20:33 / 10.04.2026
So‘xni Farg‘ona bilan bog‘laydigan eng qisqa yo‘nalishda yangi yo‘l quriladi
20:16 / 09.04.2026
Shavkat Mirziyoyev So‘x tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi
23:34 / 07.04.2026