O‘zbekiston | 19:17 / 04.03.2021
1386
1 daqiqa o‘qiladi

«Vaqf» fondi Qoraqalpog‘istonning ichimlik suviga muhtoj hududlarida quduq qazdiradi

«Vaqf» xayriya jamoat fondi Qoraqalpog‘iston Respublikasining ichimlik suviga muhtoj hududlarida 20 ta quduq tashkil etib, yer osti artezian suvlarini chiqaradi.

Fond xabariga ko‘ra, mazkur xayrli ish Ramazon oyi davomida amalga oshiriladi.

Shu munosabat bilan «Vaqf» fondi savobtalab vatandoshlarni hamkorlikka chorlamoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq fond Qoraqalpog‘istonning Qo‘ng‘irot tumanida koronavirus sabab vafot etgan imom-noibning oilasiga uy hadya qilgani haqida xabar berilgandi.

Shuningdek, 25 fevraldan boshlab, «Vaqf» fondi tashkil etilganiga 3 yil to‘lishi munosabati bilan «Yaxshilik qil» nomli ijodiy ishlar tanlovi e'lon qilingan.

Комрон Чегабоев
Tayyorlagan Комрон Чегабоев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid