Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Blinken Alyaskada Xitoy tashqi ishlar vaziri bilan uchrashishi kutilmoqda
AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken xitoylik hamkasblari bilan 18 mart kuni Alyaskada uchrashadi. Bu haqda AQSh Davlat departamenti xabar bergan. Bu Bayden ma'muriyatining Xitoy rahbariyati bilan yuqori darajadagi ilk uchrashuvi bo‘ladi.
Oq uyning Xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jyeyk Sallivan bosh kotibga Xitoy tashqi ishlar vaziri Vang Yi hamda xitoylik yana bir diplomat, Xitoy TIVning sobiq rahbari Yang Jiyechi bilan uchrashuvda hamrohlik qiladi. Ushbu uchrashuv Blinkenning AQShning yaqin hamkorlari bo‘lmish Yaponiya va Janubiy Koreyaga safaridan so‘ng tashkillashtiriladi.
Blinken uchrashuvni «AQSh va Xitoy manfaatlarini adolatli shartlar asosida kelishish uchun muhim imkoniyat» deb atadi. U, shuningdek, Xitoy bilan hamkorlik qilish uchun muzokaralar ham o‘tkazilishini aytib o‘tgan.
«Yangi prezidentning Xitoy rasmiylari bilan ilk uchrashuvi Amerika zaminida o‘tishi va Osiyo hamda Yevropadagi hamkorlarimiz bilan yaqindan suhbatlashib olganimizdan keyin bo‘lishi biz uchun muhim edi», deydi Oq uy matbuot kotibi Jyen Psaki.
Shuningdek, ushbu uchrashuv ikki mamlakat o‘rtasidagi «chuqur anlashilmovchilik»ni bartaraf etishiga umid bildirilgan.
Bu uchrashuv AQSh, Hindiston, Yaponiya va Avstraliyadan iborat To‘rtlik guruhining uchrashuvidan keyin bo‘lib o‘tadi.
AQSh prezidenti Jo Bayden va uning xitoylik hamkasbi Si Jinping o‘tgan oy telefon orqali suhbat qurishdi va hatto Xitoy rahbari kelishmovchilik har ikki davlat uchun ham halokatli bo‘lishidan ogohlantirishiga qaramay ko‘p masalalarda ularning fikrlari ayro tushdi.
AQSh rasmiy Pekinni Shinjon uyg‘urlariga bo‘lgan munosabati uchun tanqid qilib keladi. Ma'lumki, yuz minglab uyg‘urlar va boshqa millatga mansublar Xitoy malaka oshirish markazlari deb atayotgan qayta tarbiyalash lagerlariga joylashtirilgan.
AQSh 4 fevralda qayta tarbiyalash lagerlarida uyg‘ur ayollarining muntazam zo‘rlanishini tanqid qilgan. Shu hafta Amerika tahliliy markazining bergan hisobotiga ko‘ra, Xitoy Shinjonda BMTning genotsidga qarshi konvensiyasining barcha moddalarini buzmoqda, deb aytilgan.
Xitoy barcha ayblovlarni rad etgan.
Chorshanba kuni Blinken Xitoyni Shinjonga kirishga ruxsat berishga chaqirdi.
Mavzuga oid
09:21 / 06.01.2025
Blinken: Ukraina farovon kelajak uchun salohiyatga ega
17:16 / 04.01.2025
Blinken: Xitoy Rossiyani yadroviy qurol qo‘llashdan qaytargan
15:13 / 21.12.2024
Blinken: Ukraina kurashish yoki muzokara o‘tkazish haqida bir qarorga kelishi kerak
20:15 / 17.12.2024