O‘zbekiston | 10:32 / 11.03.2021
5260
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda sodir bo‘lgan YTH oqibatida ikkita mashinada yong‘in kelib chiqdi 

Toshkent shahar markazida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi tufayli ikkita mashinada yong‘in kelib chiqdi, vaziyat qisqa vaqt ichida ikkita yong‘in o‘chirish ekipaji tomonidan bartaraf etildi.

Joriy yilning 10 mart kunidan 11 mart kuniga o‘tar kechasi Toshkent shahar, Yakkasaroy tumanidagi Shota Rustaveli ko‘chasida «Neksiya-3» va «Spark» rusumli avtomashinalar ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. 

Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga ko‘ra, to‘qnashuvdan so‘ng har ikki mashinada yong‘in kelib chiqqan. Voqea oqibatida jabrlanganlar yo‘q, chunki haydovchilar o‘z vaqtida mashinadan chiqib ketishga muvaffaq bo‘lgan. 

Qayd etilishicha, bir necha daqiqadan so‘ng yong‘in sodir bo‘lgan joyga Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi yong‘in-qutqaruv guruhlari yetib kelgan. Yong‘in uch daqiqadan kamroq vaqt ichida bartaraf etilgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid