Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Maktablarda bahorgi ta'til 20 martdan boshlanadi
Maktablarda bahorgi ta'til 20 mart kunidan boshlanadi. Bu haqda Xalq ta'limi vazirligi xabar qilmoqda.
Qayd etilishicha, prezidentning 2020 yil 3 dekabrdagi “2021 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq, 20 mart — shanba kuni barcha xodimlar uchun ish haftasi turidan qat'i nazar dam olish kuni hisoblanadi.
Shu munosabat bilan, 2021 yil 20 mart kuni 2020-2021 o‘quv yili bahorgi ta'tilining birinchi kuni hisoblanadi. Bahorgi ta'til 20 martdan 28 martgacha davom etadi. 2021 yil 29 martdan o‘quv yilining 4-choragi boshlanadi.
2021 yil 20 mart kuni yuqori sinflarga belgilangan dars soatlari 4-chorakda tig‘izlashgan holda o‘tkaziladi, deyiladi vazirlik xabarida.