Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Apple Germaniyadagi loyihaga milliard dollardan oshiqroq sarmoya kiritadi
Myunxendagi ilmiy tadqiqot va ishlanmalari bo‘linmalari asosida Yevropa integral mikrosxemalar dizayni markazi tashkil etiladi.
Apple yaqin uch yilda Germaniyadagi bo‘linmalarini tashkil qilish uchun bir milliard dollardan ortiqroq sarmoya kiritadi. Bu haqda Apple rasmiy saytida ma'lum qilindi.
2019 yilning yozida Apple kompaniyasi o‘zining mobil telefonlariga modem ishlab chiqaruvchi, mikrosexamalar giganti Intel’ning bo‘linmasini yollab, u yerda Apple’ning Yevropadagi eng yirik tadqiqot markazini tashkil etib, Myunxendagi laboratoriyasini kengaytirib kelmoqda. Hozirda Myunxendagi markazda 40 mamlakatdan 1500dan ortiq mutaxassis elektr bilan ta'minlash rejimini boshqarish ustida ishlamoqda. Tegishli texnika istalgan vaqtda qurilmaning har bir detalini yetarlicha elektr ta'minoti bilan ta'minlash imkoniga ega. Bundan tashqari, u yerda protsessor, simsiz texnologiyalar va boshqa sohalar mutaxassislari ham faoliyat yuritishadi.
Ilgari Apple kompaniyasi o‘zining iPhone, iPad va Mac kabi qurilmalari uchun integral mikrosxemalarni Qualcomm va Intel kabi kompaniyalardan sotib olardi. Biroq bir necha yildan beri texnologik gigant o‘zining yarimo‘tkazgichlarini ishlab chiqishni nazarda tutuvchi masterplanni amalga oshirish ustida ishlamoqda.
«Bavariyadagi tadqiqotchilar Apple’ning ishonchli funksionallik, katta samaradorlik va sohadagi eng yaxshi tavsifga ega o‘z integral mikrosxemalarini yaratishga o‘z hissalarini qo‘shishmoqda», deya ta'kidlangan kompaniya bayonotida.
E'lon qilingan xabarda Myunxendagi bo‘linmani kengaytirish uchun qilinayotgan sarmoya ilmiy tadqiqotlarga qilingan sarmoyalar bilan birga so‘nggi uch yilning o‘zidagina bir milliard dollardan oshadi.
Mavzuga oid
18:14 / 18.06.2026
Apple smartfonlari qimmatlaydi - Tim Kuk buning sababini tushuntirdi
11:30 / 10.06.2026
Yangi Siri: Apple sun’iy intellekt poygasiga jiddiy qo‘shildi
18:12 / 09.06.2026
Tezkor iOS 27 va Siri chat-bot sifatida - Apple taqdimoti
22:14 / 28.05.2026