Bosh vazir koronavirus bilan bog‘liq vaziyat bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi
Bosh vazir Abdulla Aripov raisligidagi yig‘ilishda O‘zbekistonda Navro‘z umumxalq bayramini koronavirus pandemiyasini inobatga olgan holda, faqat mahallalar miqyosida ko‘p odam yig‘masdan o‘tkazish tavsiya etildi.
16 mart kuni O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov rahbarligida respublikaga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasining mamlakatda Navro‘z umumxalq bayramini koronavirus pandemiyasini inobatga olgan holda nishonlash masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.
Kun.uz muxbiri xabar berishicha, yig‘ilishda viloyat va tuman markazlarida Navro‘z umumxalq bayrami katta sayil tarzida o‘tkazilmasligi, bayramni faqat mahallalar miqyosida ko‘p odam yig‘masdan o‘tkazish tavsiya etilgan.
Hozircha qo‘shimcha karantin cheklovlari joriy qilinmagan. Manbaning qo‘shimcha qilishicha, mamlakatdagi epidemiologik vaziyat ikki hafta davomida kuzatiladi va shundan keyin qaror qabul qilinadi.
Mavzuga oid
08:50 / 22.11.2024
200 mingdan ortiq fuqaro iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarga ishga yuborilishi mumkin
12:08 / 20.11.2024
Abdulla Aripov bosh vazir lavozimiga qayta tasdiqlandi
18:33 / 04.11.2024
Abdulla Aripov Shanxayda Xitoy bosh vaziri bilan uchrashuv o‘tkazdi
18:17 / 04.10.2024