Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston hududida turistik yig‘im undirishning yangi tartibi tasdiqlanadi
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Hujjat bilan O‘zbekiston hududida turistik (mehmonxona) yig‘imni undirish tartibi to‘g‘risida nizom yangi tahrirda bayon qilinadi.
Turistik (mehmonxona) yig‘im:
a) palatkali lagerlar va tunash uchun qayta jihozlangan yer usti transportida yashashni tashkil qilgan turizm faoliyati sub'yektlari (turoperator va turagentlar) tomonidan;
O‘zbekistonga 30 kungacha keladigan xorijiy fuqarolarni qabul qilib, ularga notijorat maqsadlarida yashash maydoni taqdim etgan jismoniy shaxslar tomonidan;
mustaqil sayohat qiladigan, palatkali lagerlar va tunash uchun qayta jihozlangan yer usti transportida yashaydigan xorijiy fuqarolar tomonidan tijorat banklari filiallari, turistik axborot markazlari va elektron axborot tizimlari orqali to‘lanadi.
b) mahalliy fuqarolardan davolash muassasalari, sanatoriy va pansionatlarda yashaganlik uchun undirilmaydi.
Joylashtirish vositalari (davolash muassasalari):
- faqat turistik (mehmonxona) yig‘imni undirishdan tushadigan tushumni jamlash va uni keyinchalik jamg‘arma maxsus hisobraqamiga o‘tkazish uchun foydalaniladigan, milliy valutadagi maxsus hisobraqamlarni tijorat banklarida ochadi;
- mehmonxona xizmatlari ko‘rsatish uchun turoperator (turagent) va boshqa tashkilotlar bilan shartnomalar tuzish chog‘ida tijorat banklarida ochilgan va undiriladigan turistik (mehmonxona) yig‘imdan tushadigan tushumlar o‘tkaziladigan milliy valutadagi maxsus hisobraqamni shartnoma rekvizitlarida alohida ko‘rsatadi;
- mehmonxona xizmatlari ko‘rsatishda yuridik va jismoniy shaxslarga to‘lov uchun hisob (invoys, kvitansiya, hisob-faktura) hamda mehmonxona xizmatlari qiymati va yashagan kunlari uchun undirilgan turistik (mehmonxona) yig‘im umumiy miqdorini ko‘rsatgan holda, mehmonxona xizmatlari ko‘rsatilganini tasdiqlovchi hujjatlar (hisob-faktura, bajarilgan ishlar va/yoki ko‘rsatilgan xizmatlar dalolatnomasi) beradi;
- turistik (mehmonxona) yig‘im undirilishi lozim bo‘lgan, joylashtirish vositalarida yashovchi jismoniy shaxslar va joylashtirish vositalarida mustaqil sayohat qiluvchi sifatida ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolar sonini, ular yashash kunlari sonini hamda jamg‘arma maxsus hisobraqamiga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan milliy valutadagi miqdor hisobini yuritadi;
- joylashtirish vositalarida yashovchilar hisobini yuritish maxsus elektron avtomatlashtirilgan dasturni qo‘llagan holda, turistik (mehmonxona) yig‘im undirilishi lozim bo‘lgan, amalda yashayotgan jismoniy shaxslar va joylashtirish vositalarida mustaqil sayohat qiluvchi sifatida ro‘yxatdan o‘tgan xorijiy fuqarolar to‘g‘risidagi ma'lumotlarni Turizm qo‘mitasiga o‘z vaqtida taqdim qiladi;
- qo‘mitaga taqdim qilingan ma'lumotlarga muvofiq, o‘tgan oy mobaynida ularga tushgan turistik (mehmonxona) yig‘im miqdorini to‘liq hajmda jamg‘arma maxsus hisobraqamiga har joriy oyning 5-sanasigacha o‘tkazilishini ta'minlashga majburdirlar. Bunda, ko‘rsatilgan muddatga joylashtirish vositalari shaxsiy mablag‘lari hisobidan turistik (mehmonxona) yig‘im miqdorini jismoniy shaxslardan to‘liq bo‘lmagan hajmda (noto‘g‘ri) undirish natijasida shakllangan qarzdorlikni to‘lab beradi.
Qo‘mita har oy 10-sanasigacha joylashtirish vositalari va davolash muassasalarida yashovchilar hisobini dasturni qo‘llagan holda taqdim etilgan ma'lumotlar asosida, joylashtirish vositalari hamda davolash muassasalari o‘tgan oy yakunlari bo‘yicha haqiqatda yashagan va ular uchun turistik (mehmonxona) yig‘im miqdorini o‘tkazishi lozim bo‘lgan jismoniy shaxslar to‘g‘risida umumlashtirilgan ma'lumotlar shakllantiradi.
Turistik (mehmonxona) yig‘im miqdori jamg‘arma maxsus hisobraqamiga o‘z vaqtida yoki to‘liq o‘tkazilmagani uchun joylashtirish vositalari va davolash muassasalari kechiktirilgan har bir kun uchun turistik (mehmonxona) yig‘im o‘tkazilmagan miqdorning 0,05 foizi, biroq qarzdorlik umumiy miqdori 50 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda penya to‘laydilar.
Mustaqil sayohat qiladigan, palatkali lagerlar va tunash uchun qayta jihozlangan yer usti transportida yashaydigan xorijiy fuqarolar turistik (mehmonxona) yig‘im miqdorini o‘z vaqtida yoki to‘liq to‘lamasa, O‘zbekistondan chiqishda dastur ma'lumotlari asosida turistik (mehmonxona) yig‘im to‘lanmagan qismi uchun o‘n baravar miqdorida jarima to‘laydi.
Mavzuga oid
09:12 / 06.03.2025
Rossiya qo‘shinlari Kriviy Rigdagi mehmonxonaga zarba berdi: qurbonlar bor
17:58 / 03.02.2025
Bojxona yig‘imlari stavkalari tasdiqlandi
00:16 / 28.01.2025
Turkiyada 78 kishining o‘limiga olib kelgan mehmonxonadagi yong‘in nima sababdan yuz bergani aniqlandi
14:03 / 21.01.2025