O‘zbekiston | 16:05 / 16.03.2021
32252
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentning uchta tumanidagi barcha maktablar onlayn rejimga o‘tkazildi

16 martdan Toshkent shahrining uchta tumani - Yunusobod, Mirzo Ulug‘bek va Chilonzor tumanlaridagi barcha maktablar onlayn rejimga o‘tkazildi.

«Toshkent shahrida koronavirus infeksiyasi yangi shtammlari keng tarqalishining oldini olish bo‘yicha Toshkent shahar shtabining yig‘ilishida poytaxtning Yunusobod, Mirzo Ulug‘bek va Chilonzor tumanlaridagi barcha umumta'lim maktablarida 16 martdan boshlab o‘quv rejasida belgilangan ta'tilga qadar onlayn o‘qitish rejimiga o‘tish belgilab berildi.

Ushbu tumanlarda faoliyat olib borayotgan nodavlat va xususiy ta'lim tashkilotlariga ham 16 martdan boshlab o‘quv rejasida belgilangan ta'tilga qadar onlayn o‘qitish rejimiga o‘tish tavsiya qilindi», deyiladi SSV matbuot xizmati xabarida.

Bundan oldinroq Toshkent shahrida koronavirus aniqlanayotgan maktablar karantinga yopilishi xabar qilingandi. Ma'lumotlarga ko‘ra, poytaxtda 10 mart kunigacha 77ta maktabda o‘quvchilar va o‘qituvchilar orasida koronavirusdan kasallanish holatlari aniqlangandi.

Mavzuga oid