«Ertadan koronavirus aniqlangan va kasallik tarqalişi zanjiri yuz berayotgan maktablar karantinga yopiladi. Öqiş esa töliq onlayn olib boriladi. Şundan keyin 20 martdan bahorgi ta'til boşlanadi.
Bahorgi ta'tildan keyin nima bölişi böyiça esa vaziyatga qarab qaror qabul qilinadi. Bugun hokimiyatda ötgan yiğilişda şunday topşiriq berilgan», dedi şaxsi sir qolişi şarti bilan ma'lumot bergan manba.
Hozirça Toşkentdagi aynan qaysi maktablarda virus aniqlangani xabar qilinmagan.
Ma'lumot uçun, maktablarda bahorgi ta'til 20 martdan 28 martgaça davom etadi. 2021 yil 29 martdan öquv yilining 4-çoragi boşlanadi.
Özbekistonda sönggi kunlarda koronavirus aniqlanişi bilan boğliq kunlik holatlar ösmoqda. 14 mart kuni bemorlar soni 111 nafarga oşgan va şundan 93tasi Toşkent şahrida qayd etilgan. Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi markazi Toşkent şahar boşqarmasi boşliği Malika Qudratxöjayeva poytaxtda asosan maktablar öquvçilari, talabalar va taşkilotlar xodimlarida virus aniqlanayotganini ma'lum qilgan.
Bundan oldinroq Toşkent şahri Olmazor tumanidagi 117-sonli davlat maktabgaça ta'lim muassasasida tarbiyalanuvçilar va tarbiyaçilarda koronavirus aniqlangani, natijada boğça iş faoliyati vaqtinça töxtatilgani haqida xabar berilgandi.











