O‘zbekiston | 09:22 / 16.03.2021
8099
1 daqiqa o‘qiladi
Yunusobod tumanidagi ayrim yo‘llar bir oyga yopildi
Joriy yilning 16 mart kuni soat 08:00dan Yunusobod tumanidagi ayrim yo‘l qismlari bir oy davomida harakatlanish uchun yopildi.
Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, bu yo‘llarni ta'mirlash va obodonlashtirish ishlari tufayli amalga oshirildi.
Yopilgan yo‘l qismlari quyidagicha:
- Ahmad Donish ko‘chasining ikkilamchi yo‘li, Anorzor ko‘chasidan Amir Temur shohko‘chasigacha bo‘lgan qismi;
- Amir Temur shohko‘chasi yaqinidagi qaytish yo‘li;
- Ahmad Donish ko‘chasining ikkilamchi yo‘li, Amir Temur shohko‘chasidan Moyqo‘rg‘on ko‘chasigacha bo‘lgan qismi.
Haydovchilarga vujudga kelishi mumkin bo‘lgan tirbandliklarning oldini olish maqsadida aylanma yo‘llardan foydalanish tavsiya etilgan.
Mavzuga oid
15:09 / 21.05.2024
Yunusobodda niqob taqqan holda daraxt kesgan shaxslar 5 sutkaga qamaldi
12:11 / 06.05.2024
Kimnidir bosib qolishi kerakmi? Yunusobodda “zamhokim”ning ham “tishi o‘tmayotgan” masala haqida
12:57 / 05.05.2024
Toshkentdagi bog‘chada bolalarni qo‘rqitib, qo‘pollik qilgan tarbiyachi ishdan olindi
19:19 / 16.04.2024