YeOTB O‘zbekistonda chegaraoldi savdo bo‘yicha loyihalarni moliyalashtirmoqchi
Joriy yilning 16 mart kuni hukumat delegatsiyasining Rossiyaga tashrifi doirasida Moskva shahrida O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqovning Yevroosiyo taraqqiyot banki (YeOTB) raisi Nikolay Podguzov bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv chog‘ida YeOTBning moliyaviy va investitsiyaviy mahsulotlar hamda xizmatlar keng ko‘lamini taqdim etuvchi universal xalqaro moliya institutlaridan biri sifatidagi salohiyati alohida ta'kidlandi.
Bank tomonidan O‘zbekistonda xususiy sektorni rivojlantirish, infratuzilma yaratish va modernizatsiya qilish, shuningdek, chegaraoldi savdoni kengaytirish loyihalari moliyalashtirilishini nazarda tutgan holda, O‘zbekiston va YeOTB o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish istiqbollari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida yuqoridagi yo‘nalishlar doirasida aniq loyihalarni ishlab chiqish bo‘yicha navbatdagi tadbirlar belgilandi hamda YeOTB ekspertlarining O‘zbekistonga tashriflari jadvali kelishib olindi.
Mavzuga oid
10:03 / 28.02.2022
O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni to‘g‘ridan to‘g‘ri muntazam aviaqatnovni yo‘lga qo‘ymoqchi
10:45 / 23.02.2022
Afg‘oniston O‘zbekistonning Markaziy Osiyodagi infratuzilmaviy loyihalarini qo‘llab-quvvatlaydi
10:36 / 22.02.2022
O‘zbekiston-Eron biznes-forumi yakunlari bo‘yicha 200 million dollarlik shartnomalar imzolandi
09:36 / 21.02.2022