Sardor Öktamoviç Umrzoqov Özbekiston prezidentining strategik rivojlaniş böyiça maslahatçisi lavozimiga tayinlandi va şu munosabat bilan prezidentning maxsus topşiriqlar böyiça maslahatçisi lavozimidan ozod etildi.
Sardor Umrzoqov 1977 yil 23 noyabrda Toşkentda tuğilgan. Toşkent davlat iqtisodiyot universiteti (bakalavr) va Reding universitetini (Buyuk Britaniya, magistratura) tamomlagan. Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega.
2000-2003 yillarda Taşqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki tizimida işlagan. 2003-2007 yillarda Yevropa tiklaniş va taraqqiyot bankida faoliyat yuritgan. Keyinroq Moliya vazirligi Ğaznaçiligi boşliği örinbosari, birinçi örinbosari, Toşkent şahar Ğaznaçiligi boşliği lavozimlarida ham işlagan.
2014-2017 yillarda «Özbekçarmpoyabzali» uyuşmasi boşqaruvi raisining maslahatçisi, 2017-2018 yillarda rais örinbosari bölgan. Uyuşma qayta taşkil etilib, «Özçarmsanoat»ga aylantirilgaç, 2018-2019 yillarda unga raislik qilgan.
2019 yil 28 yanvarda investitsiyalar va taşqi savdo vaziri etib tayinlangan, 2020 yil 10 martda esa boş vazir örinbosari darajasiga kötarilgan.
2022–2023 yillarda esa prezident administratsiyasiga rahbarlik qilgan, bu lavozimdan olingaç, prezidentning maxsus topşiriqlar böyiça maslahatçisi lavozimiga ötkazilgandi. U 10 iyul kuni davlat rahbarining Çilonzor tumaniga taşrifi vaqtida köriniş bergandi.











