Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada taqiqlangan reklamalar olib tashlanmoqda
Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish agentligining Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasi mutaxassislari shahar va tuman hududlarida 1XBET bukmekerlik idorasining tashqi reklamalarini olib tashlamoqda. Bu qonunchilikka zid ekani ta'kidlangan.
Ma'lum qilinishicha, Jinoyat kodeksining 278-moddasida qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni tashkil etish hamda o‘tkazishga doir qat'iy talablar belgilangan hamda «Reklama to‘g‘risida»gi qonunning 6-moddasida ishlab chiqarilishi yoki realizatsiya qilinishi qonun hujjatlari bilan taqiqlangan mahsulot to‘g‘risida axborot tarqatish mumkin emas.
Agentlikning Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasi taqiqlangan reklamalarni joylarda bartaraf etishda amaliy ko‘mak so‘rab Farg‘ona viloyati IIB hamda viloyat Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasiga xat yuborgan, mazkur soha bilan shug‘ullanayotgan fuqarolarga ogohlantirish va tushuntirishlar berilgan. Tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarni targ‘ib qiluvchi reklama bannerlari esa olib tashlangan.
Mavzuga oid
19:35 / 24.06.2026
Raqobat qo‘mitasi dori reklamalaridagi chalg‘ituvchi iboralardan ogohlantirdi
18:20 / 23.06.2026
Qirg‘iziston va O‘zbekiston qishloqlarini almashdi
08:45 / 23.06.2026
Farg‘ona va Xorazmda narkotik moddalar qo‘lga olindi
16:55 / 09.06.2026