Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Navoiyda Turkiya bilan hamkorlikdagi tikuvchilik korxonasi ish boshladi
Navbahor tumanida «Mengi Tekstil group» yengil sanoat tikuvchilik korxonasi ochildi. Ushbu korxonada ishlab chiqarilgan trikotaj mahsulotlari asosan eksport qilinishi va ichki bozorlarga yo‘naltirilishi rejalashtirilgan.
Tuman hokimligi matbuot xizmatining Kun.uz'ga ma'lum qilishicha, Turkiya davlatining «Mengi Tekstil group» MChJ tomonidan tashkil etilgan ushbu loyihaning umumiy qiymati 5,5 milliard so‘mga teng. Yaratilgan 400 ta yangi ish o‘rinlariga tumandagi ishsiz fuqarolar, «Ayollar daftari» va «Yoshlar daftari»ga kiritilgan xotin-qizlar qabul qilingan.


Loyihaning qurilish ishlari 2020 yilning mart oyida boshlangan edi. Bugungi kunda qurilish va montaj ishlari to‘liq yakunlangan hamda korxonaga 175 ta tikuv mashinasi, 20 ta dazmollovchi, 3 ta rang bosuvchi hamda 2 ta qadoqlovchi dastgoh keltirib o‘rnatilgan.

Oldinroq Karmana tumanida ham «Baxt Jaloyir» tikuvchilik korxonasi ish boshlagan edi.
Mavzuga oid
23:10 / 30.05.2026
Navoiyda ming dollar porani rad etgan YPX xodimi mukofotlandi
23:50 / 19.05.2026
Navoiydagi konda yashirincha oltin qazish bilan shug‘ullangan guruh ushlandi
17:53 / 11.05.2026
Navoiyda kuyovini o‘ldirish uchun killer yollagan ayol ushlandi
15:40 / 06.05.2026