O‘zbekiston | 09:04 / 20.03.2021
11326
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda daromad ko‘rmoqchi bo‘lgan tadbirkorni 805 ming dollarga «uxlatishdi»

2020 yilning yanvar oyidan sentyabr oyiga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida 28 yoshli Akmal A. Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumani “Markaz-1” dahasi hududida 24 yoshli Doniyor I.ga tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishini, Rossiyadan arzon narxda yog‘och hamda Xitoydan pista mahsulotlari olib kelib sotib, katta miqdorda daromad berishini va'da qilgan.

IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, Akmal A. shu yo‘l orqali Doniyor I.ning ishonchiga kirib, bo‘lib-bo‘lib jami 805 320 AQSh dollar pul mablag‘larini aldov yo‘li bilan qo‘lga kiritib, o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan IIV huzuridagi Tergov departamenti tomonidan Akmal A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (Firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid