Jahon | 09:13 / 21.03.2021
2188
2 daqiqa o‘qiladi

BMTda pandemiyadan ko‘riladigan zarar 22 trillion dollarga baholandi

2025 yilgacha koronavirus pandemiyasi keltirib chiqargan iqtisodiy inqirozdan ko‘riladigan zarar 22 trln dollargacha yetadi. Biroq insoniyat nafaqat iqtisodiy, balki ma'naviy zarar ham ko‘radi. 

BMTning yangiliklar markazida ma'lum qilinishicha, pandemiya katta iqtisodiy oqibatlarga olib keldi, biroq uning ta'siri yana bir necha yil davomida seziladi. Prognozlarga ko‘ra, 2025 yilgacha hozirgi koronainqirozdan ko‘riladigan zarar 22 trln dollargacha yetadi.  

BMTda ta'kidlanishicha, pandemiyaga tayyorgarlikni ta'minlash bo‘yicha mustaqil guruh a'zolari pandemiya insoniyatni g‘aflatda qoldirgani haqidagi xulosaga kelishgan. Ularning fikricha, uni oldindan bartaraf etib bo‘lmasdi, biroq bunday falokatga tayyor turish ko‘plab hayotlarni saqlab qolishga va sog‘liqni saqlash tizimi hamda iqtisodiyot uchun falokatli oqibatlardan qochishga imkon berardi.

“Agar favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish bo‘yicha global va milliy tizimlar yetarlicha samarali bo‘lganda, eng og‘ir oqibatlar bo‘lmasdi”, deb aytgan guruh raisi Xelen Klark.  

Uning aytishicha, buning o‘rniga pandemiya haqiqiy falokatga aylangan.

Ekspertlarning ta'kidlashicha, xalqaro hamjamiyat ko‘plab yo‘nalishlar bo‘yicha pandemiyaga qarshi tegishlicha kurasha olmadi. Jumladan, ta'lim va bolalarning maktabgacha tarbiyasi uzluksizligi ta'minlanmadi. Jahon banki ma'lumotlariga ko‘ra, pandemiya oqibatida 72 mln bola 10 yoshigacha o‘qishni yoki oddiy matnlarni tushunishni o‘zlashtira olmaydi. Ko‘plab qizlar esa maktabga boshqa umuman qaytishmaydi – ulardan 11 mln nafari zo‘rlab erga berib yuboriladi. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid