Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buxoroda soxta aviachiptalar tayyorlab sotganlar ushlandi
Buxoro shahrida ikki nafar firibgar soxta aviachipta tayyorlab berib, 17 nafar fuqaroni 22 100 dollarga chuv tushirdi.
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning ma'lum qilishicha, S.S. va S.R. fuqarolarni aldab, Rossiya Federatsiyasi hududiga kirishga ruxsat etuvchi hujjatlarni tanishlari orqali olib berishga ishontirishgan. Buning evaziga har biridan 1 300 dollar olib, «Buxoro-Jukovskiy» charter avia reysiga soxta chiptalarni tayyorlab berishgan. Ular jami 17 nafar fuqaroning 22 100 dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan S.S. va S.R.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Mavzuga oid
12:16 / 07.03.2026
Vengriya universitetida o‘zbek tili kurslari ochiladi
21:32 / 02.03.2026
Buxorodagi Ko‘kaldosh madrasasida kuzatilgan holat bo‘yicha izoh berildi
14:20 / 23.02.2026
Instagram orqali aldangan qizlar: Buxoroda jinoiy guruh qo‘lga olindi
14:18 / 07.02.2026