Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
SamDU tuzilmasida Muhandislik fizikasi instituti tashkil etiladi
Prezident qaroriga ko‘ra, Samarqand davlat universiteti tuzilmasida Muhandislik fizikasi instituti tashkil etiladi. Institut fizika bo‘yicha kadrlar tayyorlashga yo‘naltiriladi.
“Fizika sohasidagi ta'lim sifatini oshirish va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarorida oliy ta'limda fizika fani o‘qitilishini takomillashtirish, to‘garaklar faoliyati, kadrlar tayyorlash kabi yo‘nalishlarga e'tibor qaratilishi ko‘zda tutilgan.
Qarorga ko‘ra, 2021 yil 1 sentyabrdan:
- OTMning “Fizika”, “Biotibbiyot fizikasi”, “Fizika va astronomiya” kabi bakalavriat ta'lim yo‘nalishi talabalari o‘rtasida o‘tkaziladigan respublika fan olimpiadasi g‘oliblari va fizika bo‘yicha nufuzli xalqaro olimpiadalar sovrindorlari fizika mutaxassisliklari bo‘yicha qabul parametrlaridan tashqari davlat granti asosida magistraturaga o‘qishga qabul qilinadi;
- fizika bo‘yicha xalqaro va respublika olimpiadalari g‘oliblarini tayyorlagan professor-o‘qituvchilarga oylik maoshi 100 foizi miqdorida bir martalik pul mukofoti beriladi;
- fizika bo‘yicha talabalar uchun to‘garaklar olib borayotgan professor-o‘qituvchilar oylik maoshiga 25 foiz miqdorida har oylik ustama haq to‘lanadi.
Shuningdek, 2022–2024 yillarda jami 21ta OTMning fizika fani bo‘yicha o‘quv laboratoriyalari zamonaviy jihozlar bilan ta'minlanadi.
2021/2022 o‘quv yilidan oliy ta'lim tizimida fizika fanlari sohalarga moslashtirilgan holda o‘qitiladi.
2021 yil 1 noyabrgacha yoshlar o‘rtasida fizika fanlariga qiziqishni oshirish maqsadida “Yosh fiziklar portali” ishga tushiriladi.
Shuningdek, Samarqand davlat universiteti tuzilmasida fizika sohalari bo‘yicha kadrlar tayyorlovchi Samarqand davlat universiteti Muhandislik fizikasi instituti tashkil etiladi.
Qaror bilan Milliy universitet, Samarqand davlat universiteti, Fanlar akademiyasi huzuridagi Yadro fizikasi instituti va Ion-plazma va lazer texnologiyalari institutiga fizika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) va fan doktori (Dsc) ilmiy darajalarini berish vakolati taqdim etildi.
Mavzuga oid
08:32 / 17.03.2026
Yirik va megaloyihalar uchun parallel ekspertiza amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi
15:31 / 14.03.2026
Har ikki yilda 3 ming nafar statistika mutaxassisi o‘qitiladi
10:12 / 10.03.2026
Toshkentda Navro‘z munosabati bilan xalq sayillari tashkil etiladi
10:48 / 12.02.2026