Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Angliyada taniqli matematik surati tushirilgan yangi banknota taqdim etildi
Angliya banki taniqli matematik va kriptograf Alan Tyuring surati tushirilgan yangi banknotani ishlab chiqdi. Olimning surati 50 funt sterlinglik banknotada aks etadi.
Tyuring Britaniyaning Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabasiga salmoqli hissa qo‘shgan. U yaratgan formulalar fashistlarning “Enigma” deb atalgan shifrlovchi mashinasi kodlarini o‘qishga yordam bergan.
Kupyuraga olimning suratidan tashqari shu formulalar ham tushirilgan. Aynan ular zamonaviy kompyuter ilmiga asos bo‘lgan.
Yangi kupyurani olimning tavallud topgan kuni – 23 iyunda muomalaga chiqarish rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
21:19 / 16.05.2026
Abduqodir Husanov «Manchester Siti» bilan yana bir sovrinni qo‘lga kiritdi
21:56 / 14.01.2026
Maykl Kerrik «Manchester Yunayted»ni mavsum oxirigacha boshqaradi
14:52 / 21.04.2025
Okean ustidan g‘alaba
15:39 / 11.03.2025