O‘zbekiston | 08:10 / 27.03.2021
30921
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda ayrim ko‘chalar transport harakati uchun vaqtincha yopiladi 

Marafon sabab poytaxtda ayrim ko‘chalar transport harakati uchun vaqtincha yopiladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, III Toshkent xalqaro marafoni o‘tkazilishi munosabati bilan quyidagi ko‘chalar transport harakati uchun vaqtincha yopiladi:

  • 27 mart 23:00dan 28 mart 13:30gacha: Afrosiyob ko‘chasi – “O‘zbekiston” metro bekati yaqinidagi chorrahadan "Humo Arena" muz saroyi yaqinidagi chorrahagacha;
  • 28 mart soat 06:00dan 09:30gacha: Afrosiyob ko‘chasining “O‘zbekiston” metro bekati yaqinidagi chorrahadan “Kosmonavtlar” metro bekati chorrahasigacha bo‘lgan qismi;
  • Sharof Rashidov shohko‘chasining “Kosmonavtlar” metro bekatidan Markaziy ko‘rgazmalar zaligacha bo‘lgan qismi;
  • Islom Karimov shohko‘chasining Markaziy ko‘rgazmalar zalidan “O‘zbekiston” metro bekatigacha bo‘lgan qismi.

28 mart soat 06:00dan 13:30gacha: marafon yo‘nalishiga ko‘ra — "Humo Arena" muz saroyi yaqinidagi chorrahadan Nukus ko‘chasigacha, Bobur nomli ekopark, “Jasorat” monumenti bo‘ylab Abdulla Qodiriy va Abay ko‘chalarining kesishmasigacha (Korzinka supermarketi).

Tirbandliklarning oldini olish uchun haydovchilarga aylanma yo‘llardan foydalanish tavsiya etilgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid