Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Navoiyda «o‘qrayib qarash» pichoqbozlik bilan tugadi
2021 yilning 25 mart kuni soat 02:30larda aka-uka, 30 yoshli Jaloliddin N. va 27 yoshli Jamoliddin N. “Nexia-Ravon” rusumli avtomashinada Navoiy viloyati, Navoiy shahar I.Karimov ko‘chasida joylashgan “Amfiteatr” majmuasi qarshisidagi chorrahada harakatlanib ketayotgan bo‘lgan.
IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, ular yonma-yon harakatlanib kelgan “Malibu” avtomashinasi haydovchisi, 28 yoshli Umid X. bilan bir-biriga “nega o‘qrayib qaraysan”, deb avtomashinani chekkaga to‘xtatgan va hech bir sababsiz o‘zaro janjallashib, Umid X.ning o‘ng oyoq son sohasiga pichoqcha bilan bir necha marotaba urib, jarohat yetkazgan.
Mazkur holat yuzasidan Navoiy shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jaloliddin N. va Jamoliddin N.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi “a, b, v” bandi (Bezorilik, ya'ni bir guruh shaxslar tomonidan sovuq qurol bilan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ular gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinganlar.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
18:17 / 15.06.2026
“Suv ichaman deb chalg‘idim” – Navoiyda YTHga uchragan avtobus haydovchisi 10 yilga qamaldi
18:32 / 10.06.2026
Yo‘l talashib ayol haydovchini haqorat qilgan erkak 15 sutkaga qamaldi
23:10 / 30.05.2026
Navoiyda ming dollar porani rad etgan YPX xodimi mukofotlandi
23:50 / 19.05.2026