Poytaxt Içki işlar boş boşqarmasi xabariga köra, voqea 8 iyun kuni sodir bölgan. 41 yoşli haydovçi M.Ş. (erkak) hamda 34 yoşli T.F. (ayol) örtasida yöl harakatidagi kelişmovçilik oqibatida janjal kelib çiqqan. Söngra erkak uyatli sözlar bilan sökinib, jamiyatda yuriş-turiş qoidalarini qasddan buzgan.
Holat yuzasidan M.Ş. Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksining 183-moddasi (Mayda bezorilik) bilan ayblanib, 15 sutkaga qamaldi. Ayolga himoya orderi berildi.

«Bundan battar sökinişlar, haqoratlar bölgan, telefonimni qölimdan yulib olib, telefonni bermasliklar… Men ertalabdan beri titrab, özimga kela olmayapman», dedi ayol suddagi körsatmasida.
«Men keçirim sörayman. Boşqa qaytarilmaydi bunaqa narsa. Hurmat qilib, töğri yuraman. Jahlni jilovlab, keyin köçaga çiqişni örganaman. Bunaqa narsa boşqa bölmaydi», dedi haydovçi.












