Jamiyat | 15:00 / 31.03.2021
19062
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston masjidlarida Ramazon oyi va Taroveh namozlariga tayyorgarlik boshlandi

Taroveh namozlariga qulay shart-sharoitlarni hozirlash maqsadida, joriy yilning 10 aprel, shanba kuni masjidlarda «Ozodalik kuni» o‘tkaziladi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan Ramazon oyini munosib tarzda kutib olish, uni yuqori saviyada o‘tkazish va Taroveh namozlarida mo‘min-musulmonlarga qulay shart-sharoitlar hozirlash maqsadida masjidlarda tayyorgarlik ishlari boshlandi.

Jumladan, masjidlarda Taroveh namozlariga qulay shart-sharoitlarni hozirlash maqsadida, joriy yilning 10 aprel, shanba kuni «Ozodalik kuni» o‘tkaziladi.

Koronavirus kasalligi bilan bog‘liq murakkab vaziyat davom etayotganini inobatga olgan holda, Taroveh namozlarida sanitariya-epidemiologik nazorat kuchaytiriladi. Xususan, namozxonlar tibbiy niqobda bo‘lish, oraliq masofani saqlash, tashrif buyuruvchilar tana haroratini o‘lchash, antiseptik vositalardan foydalanish kabi karantin tartib-qoidalariga rioya qiladi.

«Masjidlarda elektr, gaz va yong‘in xavfsizligi hamda namoz o‘qiladigan joylar muhofazasiga katta e'tibor qaratiladi, texnik jihozlarning sozligi ko‘rikdan o‘tkaziladi.

Imom-xatiblar tomonidan OAV va internet saytlari, ijtimoiy tarmoqlarda Ramazon oyining mazmun-mohiyatini o‘zida mujassam etgan chiqishlari qilinadi. Shuningdek, masjidlardagi Taroveh namozlarining shukuhi, mo‘min-musulmonlarning xushkayfiyati ham keng yoritiladi», deyiladi xabarda.

 

Mavzuga oid