Qo‘qonda suv ta'minoti korxonasi xodimi firibgarlik ustida ushlandi
Qo‘qon shahrida tadbirkordan firibgarlik yo‘li bilan pul undirmoqchi bo‘lgan suv ta'minoti korxonasi xodimi DXX xodimlari tomonidan jinoyat ustida ushlangan.
Bosh prokuratura huzuridagi Departament axborot xizmatining xabar berishicha, Departamentning Qo‘qon shahar hamda DXXning Qo‘qon shahar bo‘limlari tomonidan tadbirkorlik sub'yektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Ta'kidlanishicha, “Farg‘ona suv ta'minoti” MChJ Qo‘qon shahar bo‘limi nazoratchisi K.R. shahardagi MChJlardan biriga qarashli turar-joy binosini ichimlik suvi tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, suvdan noqonuniy foydalanganligi bo‘yicha rasmiylashtirilgan dalolatnomani yo‘q qilib berish, shuningdek, ichimlik suvi tarmog‘iga qayta ulab berishni va'da qilib, tadbirkordan 4,1 mln. so‘m miqdorida pul so‘raydi. Nazoratchi K.R. mazkur pullarni fuqarodan firibgarlik yo‘li bilan olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan K.R.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
17:44 / 29.09.2024
Farg‘onada gazdan noqonuniy foydalanib davlatga 5,5 mlrd so‘m zarar yetkazgan shaxslar ushlandi
10:41 / 28.09.2024
Farg‘onada betob qizning nomidan sahifa ochib pul yig‘ib, o‘zlashtirgan shaxs ushlandi
13:35 / 21.09.2024
Farg‘onada dori vositalarini qalbakilashtirayotgan yashirin sexlar aniqlandi
07:06 / 05.09.2024