Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eronda Isroil foydasiga josuslik qilishda gumonlangan shaxs qo‘lga olindi
Shuningdek, xorij razvedka xizmatlari bilan hamkorlik qilgan yana bir necha kishi ushlangani xabar qilinmoqda.
Eronda Isroil maxsus xizmatlari bilan hamkorlik qilishda gumonlangan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda mamlakat axborot vazirligiga (razvedkasi) tayanib IRIB telekanali xabar berdi.
Qayd etilishicha, gumonlanuvchi Eron shimoli-g‘arbidagi Sharqiy Ozarboyjon viloyatida qo‘lga olingan. Shuningdek, xorij razvedka xizmatlari bilan hamkorlik qilgan yana bir necha kishi ushlangani xabar qilinmoqda.
Eron hukumati Isroilni bir necha bor mamlakatda razvedka faoliyati olib borishga urinishda ayblagandi.
21 mart kuni Eron oliy rahnamosi Ali Xominaiy AQSh va Isroil razvedka xizmatlari Eronda 18 iyunda o‘tkazilishi rejalashtirilgan prezident saylovlari jarayoniga aralashishga urinayotganini aytgandi.
Mavzuga oid
08:34
BAA Eronga qarshi yashirin hujumlar uyushtirgani ma’lum bo‘ldi
23:12 / 11.05.2026
Tramp Eron takliflarini «axlat uyumi» deb atadi
21:03 / 11.05.2026
Eronda Nobel mukofoti sovrindori Nargiz Muhammadiy qamoqdan ozod etildi
16:39 / 11.05.2026