Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Suvdan foydalanish to‘g‘risidagi hisobotlar elektron shaklga o‘tkaziladi
Suvdan foydalanish va suv iste'moli to‘g‘risidagi hisobotlar elektron shaklga o‘tkaziladi. Ushbu tizim 2021 yil 1 oktyabrdan amalga kiritiladi.
Suvdan foydalanish va suv iste'molida suv resurslarining hisobi va hisobotini hamda monitoringini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Nizom bilan suv resurslarining hisobotini yuritishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joriy etiladi, shuningdek, sohada monitoring yuritiladi.
Bundan tashqari, suvdan foydalanish va suv iste'moli to‘g‘risidagi hisobotlarni elektron shaklda yuritishga o‘tiladi.
Suv olish joylari «onlayn» rejimda ishlaydigan raqamli qurilmalar bilan bosqichma-bosqich jihozlanadi va ma'lumotlarni uzatish bo‘yicha dasturiy ta'minlanadi.
Ushbu nizom 2021 yil 1 oktyabrdan amalga kiritiladi.
Ma'lumot uchun, nizom qoidalari kommunal suv ta'minoti tizimidan suv oluvchi foydalanuvchilar va suv iste'molchilariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Avvalroq O‘zbekiston bo‘ylab joriy etilayotgan elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi (ASKUE) bilan bog‘liq iste'molchilar duch kelayotgan muammolar haqida ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid
23:06 / 24.04.2026
Saida Mirziyoyeva Toyloqda aholi ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasini o‘rgandi
12:18 / 19.03.2026
30 martdan boshlab Toshkentda suv ta’minotida uzilishlar bo‘ladi
09:06 / 03.01.2026
Hindistonda ifloslangan ichimlik suvi tufayli 9 kishi vafot etdi
09:56 / 27.11.2025