“INNOPROM”: Made in Belarus texnikalari namoyish etildi

Toshkentdagi “O‘zekspomarkaz” Milliy ko‘rgazmalar majmuasida o‘tkazilayotgan “INNOPROM”: O‘zbekistonda katta sanoat haftaligi” xalqaro sanoat ko‘rgazmasida Belorusiya sanoat korxonalari mahsulotlari ham taqdim etildi.
Minsk avtomobil zavodi og‘ir yuk mashinalari, maxsus uskunalar, trolleybuslar va treylerlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yirik muhandislik korxonalaridan biridir.
Turli mamlakatlardan ko‘plab sanoat korxonalarini bir joyga to‘plagan mazkur ko‘rgazmada Made in Belarus milliy brendi ostida Belorusiya sanoat korxonalarida ishlab chiqarilgan 26 turdagi uskunalar namoyish etildi. Bular asosan qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan texnikalar, traktorlar, samosvallar, kombaynlar, qurilish yuk mashinalari va boshqa og‘ir turdagi texnikalardan iborat bo‘ldi. Bu texnikalarning o‘ziga xos jihati ularning dvigatel yoqilg‘isi tabiiy gazga moslashganligidir. Bundan tashqari “Belkommunmash” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan elektrobuslar ham ko‘rgazmadan joy oldi.
Ushbu ko‘rgazma pavilonidagi texnikalar yurtdoshlarimizda va rossiyalik ishtirokchilarda ham katta qiziqish uyg‘otdi. 10 mingdan ortiq kishiga mo‘ljallangan ko‘rgazmaga Afg‘oniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Pokiston, Tojikiston, Turkmanistondan ham ishtirokchilar kelishdi.
Marketing ishlari bo‘yicha direktor Vladimir Yanushkoning aytishicha, kompaniyaning 400dan ortiq agentlari respublikamiz bo‘ylab mahsulotlarni yetkazib berish bilan shug‘ullanishmoqda. Maxsus texnikalar va qurilishda qo‘llanadigan transport avtomobillarini yetkazib berishda lizing xizmatining yo‘lga qo‘yilganligi ham xaridorlar uchun qulaylik yaratyapti. MAZ kompaniyasi tomonidan O‘zbekiston bozoridagi talabdan kelib chiqqan holda energotejamkor mahsulotlar taqdim etish maqsad qilingan.
Shuningdek, kompaniya tomonidan yaratilayotgan yangi loyiha haqida ham ma'lumot berib o‘tildi. Rejaga ko‘ra Toshkent shahar jamoat transportida “Aqlli shahar” loyihasi asosida elektrobuslarni yo‘lga qo‘yish maqsad qilingan.
Reklama huquqi asosida
Tavsiya etamiz
Modrich «Real»ni tark etadi
Sport | 20:38 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
Jahon | 15:40 / 22.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
Jahon | 21:49 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
Jahon | 21:32 / 21.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” bilan Sharm-el-Sheyxga: hammaga mos keladigan ritm
O‘zbekiston | 17:00
-
Fransiyada yirik blekaut yuz berdi
Jahon | 18:43
-
Muhammad Saloh faoliyatida ikkinchi marta APL eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi
Sport | 17:42
-
Sun’iy intellekt tobora kuchayib bormoqda, lekin ko‘proq xatoga yo‘l qo‘ymoqda – OAV
Fan-texnika | 17:40
Mavzuga oid

15:00 / 07.04.2025
Sanoat hamkorligini mustahkamlash: O‘zbekistonda “INNOPROM. Markaziy Osiyo” yubiley ko‘rgazmasi

19:07 / 21.12.2023
O‘zekspomarkazda Respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi

17:36 / 23.10.2023
“UzCharmExpoEurAsia-2023”da 112 mln dollarlik eksport shartnomalari imzolandi

20:08 / 30.11.2022