4 aprel, Toşkent – 28–30 aprel kunlari zamonaviy CAEx Uzbekistan körgazma maydonida “INNOPROM. Markaziy Osiyo” beşinçi yubiley xalqaro sanoat körgazmasi bölib ötadi. Tadbir taşkilotçilari – Rossiya Federatsiyasi Sanoat va savdo vazirligi hamda Özbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi.

Körgazma har yili sanoatning yetakçi soha vakillarini – maşinasozlik va metallurgiyadan tortib, IT-texnologiyalar va energetikagaça barçasini birlaştiradi. Bu yil körgazmada 400 dan ortiq kompaniya va 10 mingdan ziyod taşrif buyuruvçilar iştirok etişi kutilmoqda. Ular orasida Özbekiston, Rossiya, Qozoğiston, Qirğiziston, Belarus, Xitoy, Saudiya Arabistoni, Turkiya va boşqa davlat vakillari bor.

“INNOPROM. Markaziy Osiyo” körgazmasining maqsadi – sanoat hamkorligi va iqtisodiy şeriklikni kengaytiriş, mintaqalar va davlatlar örtasida muloqot örnatiş, özaro manfaatli loyihalar sonini oşiriş hamda umumiy manfaatlar nuqtalarini aniqlaşdir.

Rossiyaning yirik biznes vakillari orasida “BSK”, “Gazprombank”, “Transmaşxolding”, “1C”, “Rosatom” davlat korporatsiyasi, “Alfa-Bank”, “Transneft”, “Natsproyekstroy” GK, “KAMAZ”, kabi kompaniyalar öz innovatsion texnologiyalarini namoyiş etadi. Şuningdek, “Kallitso Visio”, “DSK Texnologiyalar” MÇJ, “Minimax – 94” AJ kabi tarmoq kompaniyalar ham öz ekspozitsiyalarini taqdim etadi.

Bundan taşqari, Özbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi kömagida Özbekistonning yirik sanoat kompaniyalari ekspozitsiyalari jamoaviy stendda namoyiş etiladi.

Qizğiziston Respublikasi birinçi marta “INNOPROM. Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat körgazmasida iştirok etadi. Bu mamlakatning sanoat salohiyatini yorqin namoyiş etib, Rossiya va mintaqaning boşqa davlatlari bilan hamkorlik uçun yangi imkoniyatlar yaratadi. Mamlakat stendida sanoatning yirik vakillari bölgan yetti kompaniya öz mahsulotlarini taqdim etadi.


















