O‘zbekiston | 11:13 / 10.04.2021
4317
3 daqiqa o‘qiladi

11 aprel kuni havo harorati 32 darajagacha ko‘tariladi

Gidrometeorologiya xizmati markazi ertaga, 11 aprel kuni qanday ob-havo kutilayotganini ma'lum qildi.

Toshkent shahri. Havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-12 daraja iliq, kunduzi 18-20 daraja issiq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba'zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10-15 daraja iliq, kunduzi 20-25 daraja issiq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba'zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12-17 daraja iliq, kunduzi 20-25 daraja issiq bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba'zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7-12 daraja, kunduzi 17-22 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba'zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15 daraja iliq, kunduzi 27-32 daraja issiq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba'zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi.Harorat kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 22-27 daraja issiq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Toshkent va Namangan viloyatlarida 1600 metrdan yuqorida qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-7 daraja, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid