Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Isroil kemasi BAA yaqinida hujumga uchradi - OAV
13 aprelda Isroilga qarashli kema BAAning Fujyeyra amirligi sohillari yaqinida hujumga uchradi. Bu haqda «Al-Mayadin» telekanali xabar berdi. Dastlabki taxminlarga ko‘ra, Kuvaytdan Bagam orollari bayrog‘i ostida kelayotgan Hyperion Ray kemasiga dron yoki boshqa bir kemadan raketa bilan zarba berilgan.
Ta'kidlanishicha, Hyperion Ray fevralda Ummon ko‘rfazida hujumga uchragan kemaga egalik qiluvchi kompaniyaga tegishli. O‘shanda Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu va mudofaa vaziri Beni Gans hujumda Eronni ayblagandi.
Keyinroq Tehron O‘rta Yer dengizida Eronning Shahr e Kord kemasida yuz bergan portlashda Isroilni gumon qilayotganini aytgan. O‘shanda portlashga kema bortida o‘rnatilgan portlovchi qurilma sabab bo‘lgan. Bundan tashqari, mart oxirida Arabiston dengizida Isroilning «XT Management» kompaniyasiga tegishli yuk kemasi Tanzaniyadan Hindistonga suzayotganda o‘qqa tutilgan.
Bir hafta oldin esa Qizil dengizda Eronning yana bir kemasi hujumga uchragandi.
Isroil va AQSh OAVning ta'kidlashicha, 2019 yildan beri Isroil Eronning 10dan ortiq kemasiga hujum qilgan.
Navbatdagi hujum Eron hukumatining Natanzadagi yadro obektida yuz bergan favqulodda vaziyatga Isroil aloqadorligi tasdiqlansa, undan o‘ch olishga va'da berganidan keyin yuz berdi.
Mavzuga oid
08:37
Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi cheklovlar olib tashlandi, muzokaralar boshlandi
22:16 / 18.06.2026
AQSh vitse-prezidenti Ho‘rmuz bo‘g‘ozi blokadasi ochilganini e’lon qildi
21:12 / 18.06.2026
Neft narxi AQSh va Eron urushi boshlanganidan beri eng past darajaga tushdi
14:15 / 18.06.2026