Toshkentda ro‘y bergan YTH oqibatida mototsiklchi halok bo‘ldi
2021 yil 14 aprel kuni taxminan soat 08:20larda Mirzo Ulug‘bek tumani Ziyolilar ko‘chasidagi “O‘zavtotrans” binosi qarshisida ikkita transport vositasi o‘zaro to‘qnashgan.
Toshkent shahar IIBB xabariga ko‘ra, 33 yoshli Nurlan M. boshqaruvidagi “Nexia” va 30 yoshli Arsen A. boshqaruvidagi “RS200S” mototsiklining to‘qnashuvi ro‘y bergan.
To‘qnashuv oqibatida mototsiklchi badan shikastlari sababli voqea joyida hayotdan ko‘z yumdi.
Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, to‘qnashuvga yengil avtomobil haydovchisi qayta burilish vaqtida harakat ustuvorligiga ega bo‘lgan transportni mensimagani sabab bo‘lgan.
Mazkur fakt asosida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Tergov olib borilmoqda.
“Hurmatli haydovchilar! Havo harorati oshayotgani sababli poytaxt yo‘llarida ikki g‘ildirakli transport vositalarining soni ko‘paymoqda. Katta obektlar oqimi orasida ularni o‘z vaqtida payqash qiyinroq. Burilish va qayta burilishlar vaqtida e'tiborli va ehtiyot bo‘ling: harakatingiz hech kimga xalaqit bermayotganiga ishonch hosil qiling. Moped, skuter, mototsikllar haydovchilaridan ham yo‘llarda ehtiyot bo‘lishlarini so‘raymiz”, deyiladi ma'lumotda.
Mavzuga oid
19:48 / 19.09.2024
Jizzaxda boshqaruvni yo‘qotgan “Lasetti” pastlikka ag‘darildi
14:00 / 18.09.2024
Toshkentda uchta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
13:57 / 18.09.2024
Surxondaryoda sodir bo‘lgan YTHda uch nafar sinfdosh yigit halok bo‘ldi
07:30 / 17.09.2024