Toşkent şahar IIBB xabariga köra, 33 yoşli Nurlan M. boşqaruvidagi “Nexia” va 30 yoşli Arsen A. boşqaruvidagi “RS200S” mototsiklining töqnaşuvi röy bergan.
Töqnaşuv oqibatida mototsiklçi badan şikastlari sababli voqea joyida hayotdan köz yumdi.

Dastlabki ma'lumotlarga köra, töqnaşuvga yengil avtomobil haydovçisi qayta buriliş vaqtida harakat ustuvorligiga ega bölgan transportni mensimagani sabab bölgan.
Mazkur fakt asosida Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi böyiça jinoiy iş qözğatildi. Tergov olib borilmoqda.

“Hurmatli haydovçilar! Havo harorati oşayotgani sababli poytaxt yöllarida ikki ğildirakli transport vositalarining soni köpaymoqda. Katta obektlar oqimi orasida ularni öz vaqtida payqaş qiyinroq. Buriliş va qayta burilişlar vaqtida e'tiborli va ehtiyot böling: harakatingiz heç kimga xalaqit bermayotganiga işonç hosil qiling. Moped, skuter, mototsikllar haydovçilaridan ham yöllarda ehtiyot bölişlarini söraymiz”, deyiladi ma'lumotda.












