Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Gektaridan 25 millionlik daromad qilamiz” - Farg‘onalik tadbirkor
Farg‘ona shahrining Oqariq ko‘chasi va Mindonobod massivi orasiga tutashgan joylar avvaldan bog‘bonlar uchun unumdor va serdaromad yerlar bo‘lgan.

Ayni kunlarda bog‘ oralab yursangiz, bahor tarovatini his qilasiz. Dilingiz yayraydi. Bog‘bonlar esa allaqachon parvarish ishlarini boshlab yuborgan.

«25 yildan buyon bog‘dorchilik bilan shug‘ullanib kelamiz. Bog‘imizda nektarin, otyog‘i, vostok navli shaftolilar o‘sadi. Gektaridan 25 mlnlik daromad qilamiz. Bundan tashqari, chorvamiz ham bor. Oilada 4 kishi bog‘ ishiga mas'ulmiz. «Sezon»da ishchi yollaymiz. Ayni shaftoli pishgan vaqtda bog‘imizda 30 kishilab ishchi ishlaydi. Bu paytda ishchi yollamasak, meva pishib, to‘kilib ketadi.


Bog‘imizda shaftolidan tashqari olma, o‘rik va gilos ham bor. Eng ko‘p daromad shaftoli va olmadan bo‘ladi. Bu yildan yangi yer o‘zlashtirdik. U yerga nok, olxo‘ri, olma ekdik. Daraxtlarga bir yilda 7—8 marta dori sepamiz. «Obrezka» qilamiz, tagini chopamiz, oqlaymiz. Meva pishganida xaridorlar kelib o‘zlari olib ketishadi. Ba'zida o‘zimiz ham «tochka»larga topshiramiz. Olmalarni muzlatkichda saqlab, keyin sotamiz», — deydi bog‘dorchilik bilan shug‘ullanib kelayotgan Javlon Oxunov.

Sarvar Ziyayev tayyorladi
Mavzuga oid
14:35 / 18.02.2025
“Yosh tadbirkorlar” raqamli platformasi joriy etiladi
11:50 / 18.02.2025
Namanganda gazdan o‘g‘rincha foydalanib kelgan tadbirkor aniqlandi
18:54 / 17.02.2025
«Qat’iy belgilangan AOS korrupsiyaning oyog‘iga bolta urgandi, endi uni bekor qilishmoqchi» – soliq maslahatchisi
22:20 / 11.02.2025