Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston budjetining bir kunlik daromad va xarajatlari qancha?
Aprel oyi o‘rtasida respublika budjetining bir kunlik daromad va tushumlari xarajatlardan kam miqdorda qayd etildi.
16 aprel kuni O‘zbekiston budjetining daromad va tushumlari 936 mlrd 5 mln so‘mni, xarajatlari esa 1 trln 338 mlrd 500 mln so‘mni tashkil etdi. Bu haqda Moliya vazirligi ma'lumot berdi.
Qayd etilishicha, budjet buyurtmachilari tomonidan amalga oshirilgan elektron davlat xaridlari uchun 2 ming 110 ta shartnoma tuzilgan va kun davomida 6 mlrd 187 mln 400 ming so‘m sarflangan.
Xususan, 1,6 mlrd so‘m jihozlar, transport vositalari va asbob-uskunalarga, 1,6 mlrd so‘m tovar-moddiy zaxiralarga yo‘naltirilgan. Shuningdek, kiyim-kechak, dori-darmon, tibbiyot vositalari va boshqa mahsulotlar xarid qilingan.
Vazirlikka ko‘ra, 2020 yil 16 apreldagi budjet daromad va tushumlari 1 trln 186 mlrd 100 mln so‘mni, xarajatlari esa 532 mlrd 500 mln so‘mni tashkil etgan.
Avvalroq, joriy yil 6 apreldagi budjet daromad va xarajatlari bo‘yicha xabar berilgandi. Unda kun davomidagi daromad va tushumlar 299 mlrd 500 mln so‘mni, xarajatlar 701 mlrd 800 mln so‘mni tashkil etgani keltirilgan.
Eslatib o‘tamiz, 2021 yil yakuni bo‘yicha respublika konsolidatsiyalashgan budjet daromadlari 178,7 trln so‘mni, xarajatlari 216,2 trillion so‘mni tashkil etishi prognoz qilingan. Bu yilgi budjet taqchilligi esa 37,5 trillion so‘m bo‘lishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
12:22 / 25.03.2026
Davlat budjetining 2025 yildagi ijrosi. Defitsit – 39 trln so‘mgacha qisqardi
21:00 / 11.01.2026
«Mening maktabim» loyihasida ovoz berish bosqichi boshlandi
14:24 / 08.01.2026
Noqulay iqlim sharoiti uchun ustama: qaysi hududlarda va qancha?
14:47 / 30.12.2025