Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namanganlik tadbirkor Surxondaryoda 93 nafar ayolni tuzog‘iga ilintirdi
Surxondaryo viloyat prokuraturasi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan «Jarqo‘rg‘on chevarlari» tikuv sexi bilan bog‘liq xabarlar yuzasidan rasmiy ma'lumot berdi.
Namangan viloyatidan tashrif buyurgan tadbirkor T.G. 2019 yil 8 may kuni «Surxon Mulk Textile» MChJni tashkil etib, Surxondaryo viloyatida ro‘yxatdan o‘tkazib, Jarqo‘rg‘on tumaniga kelib, tumandagi mutasaddi tashkilotlar orqali 2019 yil may oyida «Har bir oila tadbirkor» degan mazmunda davlat dasturi bor» deb tumandagi ishsiz bo‘lgan 93 nafar xotin-qizni yig‘ib, ularning nomiga bankdan 15 mln so‘mdan kredit mablag‘i ajratilishini, kredit mablag‘i hisobiga tikuvchilik mashinalari va xomashyo mahsulotlari sotib olib, tikuvchilik sexi ochib, ishsiz xotin-qizlarni ish bilan ta'minlashini, bankdan olingan har bir fuqaroning kredit mablag‘lari va unga hisoblangan foizlarni o‘zi to‘lashini va'da qilib, fuqarolarning ishonchiga kirish uchun ularga yig‘ilishning o‘zida bankdan ajratilgan pul mablag‘lari MChJ hisobidan to‘lab berilishi haqida kafolat xatlari yozib bergan. ATB «Qishloq Qurilish bank» Jarqo‘rg‘on filialidan 93 nafar xotin-qiz nomiga jami 1 mlrd 395 mln so‘m kredit ajratilishiga erishib, firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirib ketgani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan 26.01.2021 yilda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining Jarqo‘rg‘on tuman bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
27.01.2021 yilda jinoyat ishi tegishlilik bo‘yicha Jarqo‘rg‘on tumani IIBga yuborilgan va o‘sha kuni Tergov bo‘linmasi tomonidan ish yurituvga olinib, T.G. gumon qilinuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb etilib, fuqarolar guvoh tariqasida so‘roq qilingan.
Mazkur jinoyat ishi yuzasidan T.G. tomonidan fuqarolarni ish bilan ta'minlash uchun 93 nafar fuqaroning nomiga 15 mln so‘mdan kredit chiqartirib, chiqarilgan kredit pullarini to‘lash uchun kafolat xat bergani, MChJ tashkil etib, fuqarolarni ish bilan ta'minlagani, 2020 yil mart oyidan boshlab pandemiya bo‘lgani sababli to‘lashga imkoniyati bo‘lmagani, hozirda bankka kredit to‘lovlarini, ya'ni bank foizlarini to‘latish choralari ko‘rilayotgani sababli jinoyat ishining tergov muddati 01.03.2021 yildan 29.03.2021 yilga qadar JPKning 364-moddasi 1-qismi 1-bandiga asosan to‘xtatilgan.
T.G. tomonidan ATB «Qishloq Qurilish banki»ga 93 nafar fuqaro nomiga chiqarilgan kredit foizlarini to‘lash maqsadida 161 050 000 so‘mlik tikuv sexida tikilgan har xil turdagi kiyim-kechaklar berilgan.
19.04.2021 yil holatiga ko‘ra, ATB «Qishloq Qurilish banki»dan 93 nafar fuqaro nomiga chiqarilgan kreditning qoldiqdagi jami qarzdorligi 554 392 785 so‘m miqdorida, foiz qarzdorligi esa 90 049 251 so‘mni tashkil etadi.
ATB «Qishloq Qurilish bank»dan 93 nafar fuqaro nomiga chiqarilgan kreditning muddati 06.12.2022 yilga qadar belgilangan.
Xabarda ko‘rsatilgan boshqa mulkiy nizolar taalluqliligi bo‘yicha sudlarda ko‘rilib, qonuniy to‘xtamga kelingan bo‘lib, viloyat prokuraturasi xodimlariga nisbatan keltirilgan vajlar rad etiladi.
Mavzuga oid
14:35 / 18.02.2025
“Yosh tadbirkorlar” raqamli platformasi joriy etiladi
11:50 / 18.02.2025
Namanganda gazdan o‘g‘rincha foydalanib kelgan tadbirkor aniqlandi
18:54 / 17.02.2025
«Qat’iy belgilangan AOS korrupsiyaning oyog‘iga bolta urgandi, endi uni bekor qilishmoqchi» – soliq maslahatchisi
22:20 / 11.02.2025