Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyada yana karantinga qaytilmoqda
Yaponiya hukumati koronavirus bilan bog‘liq vaziyat og‘irlashgani sababli poytaxt Tokio va mamlakatning uchta prefekturasi: Osaka, Kioto va Xyogoda favqulodda vaziyat rejimini kiritishga qaror qildi. Yaponiyaning iqtisodiyotni tiklash bo‘yicha vaziri Yasutosi Nisimuraning ma'lum qilishicha, karantin 25 apreldan 11 maygacha davom etadi.
«O‘tgan yil bahoridagi kabi biz fuqarolardan uyda qolishni va zaruratsiz ko‘chaga chiqmaslikni so‘rab qolamiz», — deb aytgan Nisimura. Uning ta'kidlashicha, cheklovlar koronavirusning yangi mutatsiyalari tarqalishi bilan bog‘langan.
Hukumat, shuningdek, yirik do‘konlar va tamaddixonalar egalariga o‘z faoliyatlarini to‘xtatib turishni tavsiya qilgan. Bundan tashqari, ommaviy tadbirlar o‘tkazilishi taqiqlanadi. Avtobus va poyezdlar ish kunlari harakatni ertaroq tugatadi, dam olish kunlari esa reyslar sonini qisqartirish rejalashtirilgan.
Yaponiyaning bir nechta hududida 7 yanvardan boshlab favqulodda vaziyat rejimi amal qilib kelgan. Tokioda karantin 22 martgacha davom etgan. Biroq u bekor qilinishi bilanoq koronavirusga chalinish holatlari yana ko‘paya boshlagan.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Yaponiyada koronavirusga chalinganlar soni 553 mingdan oshib ketdi, uning qurbonlari soni 10 mingga yaqinni tashkil qilmoqda.
Mavzuga oid
18:57 / 15.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonda energiya samaradorligini oshirish uchun 230 mln dollar kredit ajratadi
08:43 / 11.06.2026
Jahon neft savdosi markazi Osiyoga ko‘chmoqda
20:36 / 06.06.2026
Talaba vizasining muddati tugagan o‘zbekistonlik Yaponiyadan deportatsiya qilindi
18:54 / 05.06.2026