Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiyada 140 kishiga vaksina o‘rniga fiziologik eritma kiritildi
Fransiyaning Eperne shahridagi emlash markazida xatolik tufayli 140 kishiga Pfizer kompaniyasining koronavirusga qarshi vaksinasi o‘rniga fiziologik eritma (fizrastvor) kiritildi.
Le Point nashrining xabar berishicha, voqea 20 aprelda yuz bergan. Ushbu xatolik haqida emlash markazining o‘zi xabar qilgan. Markaz xodimlari barcha 140 kishi bilan bog‘lanib, eritma xavfli emasligini aytib, ularni tinchlantirgan.
Shundan keyin fizrastvor bilan «emlanganlar»ning bir qismi haqiqiy vaksina qabul qilgan, qolgan qismi esa 28 aprelda emlanadi.
«Bunday holatlarning oldini olish uchun markazga qo‘shimcha tibbiy xodim jo‘natildi», deb ma'lum qilingan xabarda.
Fransiya sog‘liqni saqlash idoralari xatolikka nima sabab bo‘lganiga aniqlik kiritmagan.
Mavzuga oid
08:59 / 15.06.2026
Zelenskiy G7 sammitida Tramp bilan uchrashishini ma’lum qildi
20:32 / 13.06.2026
O‘zbekistonliklar uchun Fransiyada mavsumiy ish taklif etilmoqda
10:08 / 11.06.2026
Yonilg‘i narxlari oshishi Yevropada elektromobillarga talabni kuchaytirdi
10:40 / 09.06.2026