Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hafta davomida issiq ob-havo kuzatiladi
25 apreldan boshlab mamlakatga juda issiq havo massalari jadal kirib kelishi boshlandi. O‘zbekistonning barcha hududlari bo‘yicha aprel oyining oxiriga qaraganda yozning boshi uchun xos bo‘lgan ochiq ob-havo harorati kuzatildi.
«O‘zgidromet» xabariga ko‘ra, bugun va ish haftasi davomida harorat me'yordan 5-8 darajaga ko‘p bo‘ladi. Havo harorati kechalari 14-17 daraja iliq, kunduz kunlari 32-35 daraja issiq, janubda va cho‘l hududlarida 37-38 daraja issiqqacha bo‘ladi. Kunduzgi harorat shu kunlar uchun bo‘lgan mutlaq maksimumga yaqinlashadi.
Hafta oxirida Kaspiy dengizining shimoliy hududlaridan salqin va biroz nam havo massalari kirib keladi. Respublika hududida havo bulutli bo‘lishi kutilmoqda, lekin yog‘ingarchilik ehtimoli kam bo‘ladi. Kunduz kuni harorat 27-32 daraja issiqqacha biroz pasayadi, ammo me'yordan yuqori bo‘lib qoladi.