Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qarshi tumanida firibgarlar tadbirkorning sexini sotib yubordi
Qarshi tumanida fuqaro J.A. va boshqalar «S.» MChJga qarashli g‘isht ishlab chiqarish sexini 450 mln so‘mga sotib berishga jamiyat rahbarini ishontirgan. O‘zlari topgan mijozga ushbu sex va boshqa asbob-uskunalarni firibgarlik yo‘li bilan 20 000 AQSh dollariga sotib, pul mablag‘larini o‘zlarining ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan. Bu haqida Bosh prokuratura huzuridagi Departament axborot xizmati xabar berdi.
Departamentning Qarshi tuman bo‘limi tadbirkorlik sub'yektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazdi.
Mazkur holat yuzasidan J.A. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
17:18 / 08.06.2026
Qashqadaryodagi portlashda 6 kishi halok bo‘lgan
15:27 / 08.06.2026
Qashqadaryoda gaz quyish shoxobchasida portlash ro‘y berdi
20:37 / 16.03.2026
Jizzaxda «operativnik» firib ustida qo‘lga olindi
21:12 / 15.03.2026