Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sergey Shoygu O‘zbekistonga keldi
Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu O‘zbekiston mudofaa vaziri Bahodir Qurbonov bilan Buxoroda muzokaralar o‘tkazadi.
Foto: IZVeSTIYa/Zurab Djavaxadze
Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi. Ertaga, 28 aprel kuni O‘zbekiston mudofaa vaziri Bahodir Qurbonov bilan muzokaralar o‘tkaziladi. Uchrashuv Buxoroda bo‘lib o‘tadi.
«Uchrashuvda xalqaro va mintaqaviy xavfsizlik, Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida harbiy va harbiy-texnikaviy hamkorlik masalalarini muhokama qilish rejalashtirilgan», deyilgan Rossiya mudofaa vazirligi bayonotida.
Avvalroq, Sergey Shoyguning Tojikiston mudofaa vaziri Sherali Mirzo bilan Dushanbeda muzokaralar o‘tkazgani xabar qilingandi. Tomonlar havo makonidagi chegaralar himoyasini kuchaytirish uchun Rossiya va Tojikistonning havo hujumidan mudofaa bo‘yicha birlashgan mintaqaviy tizimini yaratish to‘g‘risidagi kelishuv loyihasini tayyorlagan.
Mavzuga oid
19:12 / 17.03.2026
Shoygu Ukrainaning havo hujumlari tobora uzoqqa borayotganidan shikoyat qildi
11:59 / 06.03.2026
Sergey Shoyguning yana bir sobiq o‘rinbosari qo‘lga olindi
09:12 / 24.01.2026
Germaniya Shoygu bayonotiga tayanib, Rossiyadan bo‘lgan dezertirga boshpana bermadi
09:46 / 06.10.2025