O‘zbekiston | 11:49 / 28.04.2021
5923
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda fuqarolik berish tizimi soddalashtiriladi

Foto: KUN.UZ

Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasini birinchi o‘qishda ko‘rib chiqdi.

Ta'kidlanganidek, qonun loyihasi bilan amaliyotda qo‘llanilib kelinayotgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni O‘zbekiston fuqaroligiga tan olishning tartiblari soddalashtirilmoqda.

Shuningdek, unda mamlakat hududida o‘n besh yil davomida doimiy yashab kelayotgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni to‘g‘ridan to‘g‘ri O‘zbekiston fuqarolari, deb tan olish belgilanmoqda.

O‘zbekiston hududida tug‘ilgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan fuqaroligi bo‘lmagan shaxs guvohnomasi asosida besh yil yashamasdan mamlakat fuqaroligini olish uchun iltimosnoma bilan murojaat qilish tartibi joriy qilinyapti. Ota-onasidan biri O‘zbekiston fuqaroligiga tan olingan bolalarni O‘zbekiston fuqarosi deb tan olish nazarda tutilmoqda.

Majlisda qonun loyihasi birinchi o‘qishda konseptual jihatdan qabul qilindi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid