Jahon | 16:30 / 29.04.2021
7327
1 daqiqa o‘qiladi

Britaniya bosh vaziri korrupsiyada gumonlanmoqda – OAV

Britaniya saylov qo‘mitasi bosh vazirning Dauning-stritdagi qarorgohi ta'miri moliyalashtirilishini tekshiradi.

Foto: PHIL NOBLE / REUTERS

Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson korrupsiyada gumonlanmoqda, deb xabar berdi Reuters.

"Buyuk Britaniya saylov komissiyasi bosh vazirning Dauning-stritdagi qarorgohi ta'mirlanishida qonun buzilishi ehtimoli bo‘yicha surishtiruv boshladi", - deb yozadi agentlik.

Jonsonning muxoliflari so‘zlariga ko‘ra, "u partiya homiylariga o‘z qarorgohining hashamatli ta'miri uchun o‘n minglab funt ajratishiga yo‘l qo‘yib, Britaniya qonunlarini buzgan bo‘lishi mumkin".

Agarda saylov qo‘mitasi Jonson qonunbuzarlikka yo‘l qo‘yganini aniqlasa, unga 20 ming funt jarima solinishi yoki alohida surishtiruv boshlanishi mumkin.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid