«Korzinka»dagi ehson qutisidan 50 ming dollar solingan konvertlar chiqdi
«Korzinka.uz» tarmog‘i asoschisi Zafar Hoshimov o‘z «Telegram» sahifasida ma'lum qilishicha, tarmoq filiallaridan biridagi ehson qutisidan 50 ming dollar solingan konvert chiqqan.

Tadbirkorning so‘zlariga ko‘ra, tarmoqning barcha filiallarida ehson qutilari o‘rnatilgan bo‘lib, ularga saxovatli xaridorlar xayriya maqsadida pul tashlab ketishadi. «Korzinka.uz» tarmoqlaridagi ushbu qutilarga tushgan barcha mablag‘lar saraton xastaligiga chalingan bemor bolalarga yordam berish maqsadida tashkil etilgan «Ezgu Amal» xayriya jamg‘armasi hisobiga yo‘naltiriladi.
To‘lgan qutilar korxona xodimlari va mutasaddilari, jamg‘arma hamda jamoatchilik vakillari bilan birgalikda ochilib, ichidagi pullar sanab chiqiladi va jamg‘arma hisob raqamiga topshiriladi.
«Bugun navbatdagi quti ochilib, pullar sanalib, taxlayotganimizda, qutidan o‘ndan ortiq oq konvert chiqdi. Ularni ochib qarasak, konvertlar ichidan jami 50000 dollar pul bor ekan. Og‘ir kasalga chalingan bolakaylarga Ramazon oyining tabarruk kunlarida shunday go‘zal ehson qilgan noma'lum hamyurtimizning bunday xolis amali bu hodisa shohidi bo‘lgan barchamizda ushbu muborak Oyning ajoyib xislatlariga bo‘lgan ishonchimizni yanada kuchaytirdi. Konvertdagi ushbu pullar so‘mga o‘girilib, jami 564 120 000 so‘m mablag‘ xayriya jamg‘armasiga yuborildi», deyiladi sahifadagi xabarda.
Kun.uz muxbiri tadbirkor Zafar Hoshimov bilan bog‘lanib, uning fikrlari bilan qiziqdi.
«Bu voqeani ijtimoiy tarmoqqa joylash yoki joylamaslik haqida biroz ikkilandim va o‘ylab ko‘rib, yozishga ahd qildim. Bu xabarni joylashdan yakka yagona maqsad g‘oyibi ehson sohibiga qilgan ehsoni o‘z joyiga, unga muhtoj bo‘lib turganlarga yetib borganligi haqida hisobot berish bo‘ldi.
Modomiki, bu saxovatli inson shu xayriyani yetkazishda bizni munosib vositachi deb topgan, bizga juda katta ishonch bildirgan. Ushbu ishonchga «Korzinka»ni munosib ko‘rgani uchun korxonamiz va o‘zim nomimdan cheksiz minnatdorchilik bildiraman», dedi tadbirkor.
Tavsiya etamiz
“Kontraktga kirsang o‘qita olmaymiz deyishgan” – orzular yo‘lida stereotiplarni yengib o‘tgan navoiylik qiz hikoyasi
Jamiyat | 20:50 / 25.03.2025
AESda ishlab chiqariladigan elektr energiyasining narxi qancha bo‘ladi?
O‘zbekiston | 18:04 / 25.03.2025
JCh-2026 saralashi: Eronga qarshi o‘yin oldidan
Sport | 15:16 / 25.03.2025
Kiyevga yana zarba berildi. Qurbonlar bor
Jahon | 13:57 / 23.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
The Atlantic Tramp jamoasining Yamanga hujumni muhokama qilgan chatiga oid yangi skrinshotlarni e’lon qildi
Jahon | 00:46
-
Yevropa diplomatiyasi rahbari Kaya Kallas O‘zbekistonga keladi
Jahon | 23:50 / 26.03.2025
-
Alyaskada samolyot muzlagan ko‘l ustiga quladi. Uning ichida bo‘lgan oila 12 soatdan keyin qutqarildi
Jahon | 23:36 / 26.03.2025
-
AQShga ishga yuborishni va’da qilgan shaxslar ushlandi
Jamiyat | 23:34 / 26.03.2025
Mavzuga oid

13:51 / 26.09.2024
Xorazmda ehson qutisidagi pullarni o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

21:16 / 17.07.2024
Korzinka reklama bo‘yicha qonunbuzilishiga yo‘l qo‘ygan deb topildi

11:19 / 15.07.2024
Raqobat qo‘mitasi «Korzinka»ga nisbatan ish qo‘zg‘atdi

12:21 / 03.01.2024