Jamiyat | 16:53 / 02.05.2021
7928
2 daqiqa o‘qiladi

SSV statistikasi: O‘zbekiston aholisi qaysi vaksina bilan ko‘proq emlanmoqda?

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekiston aholisi qaysi vaksina bilan ko‘proq emlanayotgani haqida ma'lumot berdi.

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi

Vazirlik ma'lumotlariga ko‘ra, vaksinatsiyaning dastlabki o‘n kunida AstraZeneca bilan emlanish 68 foiz, o‘zbek-xitoy vaksinasi ZF-UZ-VAC2001 bilan emlanish 32 foiz bo‘lgan. Ikkinchi o‘n kunlikda esa AstraZeneca bilan emlanish 10 foiz kamayib, 58 foizga tushgan, o‘zbek-xitoy vaksinasi bilan emlanish esa 42 foizga yetgan. 28 aprelga kelib mamlakat aholisi uchun «Sputnik V»dan ham foydalanish boshlandi.

Oy oxiriga kelib vaksinadan foydalanish ko‘rsatkichi AstraZeneca’da 40,9 foiz, ZF-UZ-VAC2001’da 58,4 foiz, «Sputnik V»da 0,7 foizni tashkil qilgan.

30 apreldagi kunlik holatga ko‘ra, mamlakat bo‘ylab 2181 kishi AstraZeneca bilan , 74 773 kishi ZF-UZ-VAC2001 bilan, 2356 kishi «Sputnik V» bilan emlangan.

O‘zbekistonda vaksinatsiya jarayoni 1 aprel kuni boshlangandi. 30 aprel kuni mamlakat bo‘ylab emlanish bo‘yicha kunlik rekord qayd etilib, bir kunda 79 310 kishi vaksina qabul qilgandi.

1 maydan vaksinatsiyaning ikkinchi oyi boshlandi, ilk kuniyoq 58 ming nafardan ortiq kishi emlanib, ayni kungacha koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan fuqarolarning jami soni 856 016 nafarga yetdi. Hukumat iyun oyi oxirigacha 4 millionga yaqin, yil oxirigacha 7 million aholini koronavirusga qarshi emlashni rejalashtirgan.

Mavzuga oid