Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sobiq vazir Madaniyat vazirligiga qaytdi
Sobiq madaniyat va sport vaziri Bahodir Ahmedov madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Ushbu lavozimda ishlab kelgan Jamol Nosirov boshqa ishga o‘tkazilmoqda.
Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari sifatida ishlab kelgan Jamol Nosirov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan vazifasidan ozod qilindi. Ushbu ma'lumotni Kun.uz'ga vazirlik matbuot xizmati tasdiqladi. Nosirovning o‘rnini Bahodir Ahmedov egalladi.
Bahodir Ahmedov 1973 yilda tug‘ilgan; 1996 yilda Toshkent elektrotexnika aloqalar institutini, 2007 yilda esa Prezident qoshidagi Davlat boshqaruv akademiyasini bitirgan.
U turli yillarda«O‘zbeknavo» estrada birlashmasi bosh direktori, madaniyat va sport vaziri, Toshkent viloyati hokimi o‘rinbosari sifatida ishlagan. 2020 yil yozida O‘zbekiston chim ustida xokkey federatsiyasi raisi lavozimiga saylangan.
Jamol Nosirovga yaqin manbalarga ko‘ra, u Buxoro shahri hokimi etib tayinlanishi mumkin.
Ta'kidlash lozim, uch oy oldin Buxoro shahri hokimi lavozimiga O‘tkir Jumayev tasdiqlangan edi. U 2020 yil martidan buyon shahar hokimi lavozimida ishlamoqda.
Eslatib o‘tamiz, Madaniyat vazirligini 2020 yil 23 yanvardan buyon Ozodbek Nazarbekov boshqarmoqda.
Mavzuga oid
18:28 / 11.06.2026
Madaniyatga tikilgan pullar, san’atkordan vazirlikka, internet madaniyatchilari – vazir Nazarbekov bilan suhbat
21:54 / 21.04.2026
“Soliq to‘lamayman deyishga or qilish kerak” - madaniyat vaziri
20:28 / 12.01.2026
Antikorrupsiya agentligi hukumatdan Ozodbek Nazarbekovga chora ko‘rishni so‘radi
10:01 / 26.10.2025