Toşkent şahridagi Yangi Özbekiston universitetida «tarmoq–oliygoh–hamkor» tamoyilida işlaydigan sun’iy intellekt klasteri işga tuşiriladi.

Universitet birinçi prorektori Bahodir Ahmedov «Özbekiston 24» telekanalining «Menimça» dasturiga bergan intervyusida maktablarda barça öquvçilar va öqituvçilar sun’iy intellekt böyiça öqitilişini ma’lum qilgan. Maxsus ta’lim dasturlari taşkil qilinib, respublika böyiça 1 400 nafar iqtidorli öqituvçilar tanlab olinib, soha böyiça öqitiladi hamda ularning eng yaxşi 50 nafari AQŞga yuboriladi.

«Bundan taşqari, 19 ta universitetda sun’iy intellekt böyiça laboratoriyalar taşkil qilinadi. Yangi Özbekiston universitetida universitet – sanoat – xalqaro hamkor tamoyili asosida sun’iy intellekt klasteri yaratilib, bu boşqa sun’iy intellekt laboratoriyalariga tayanç vazifasini ötaydi», – degan prorektor.

Eslatib ötamiz, prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida 22 oktyabr kuni ötkazilgan yiğilişda mamlakatda sun’iy intellektni tezroq joriy etiş masalalari muhokama qilingan, prezident soha uçun yiliga 2 ming nafar mutaxassis tayyorlayotgan oliygohlarning birortasida sun’iy intellekt laboratoriyasi yöqligiga e’tibor qaratib, 10 ta oliy ta’lim muassasasida şunday laboratoriya taşkil etiş taklifini bildirgandi.

Şu bilan birga, oliygohlarda sun’iy intellekt, fintex, kiberxavfsizlik, IT muhandislik, aerokosmik va bulutli texnologiyalar kabi yönalişlar uçun davlat granti kvotalari 35 foizga oşirilişi ma’lum qilingan.

Yiğilişda «Yangi Özbekiston» universitetida Sun’iy intellekt klasteri taşkil etilişi böyiça qaror qabul qilingan.

Yangi klaster ilmiy tadqiqotlar, IT startaplar va innovatsion loyihalarni birlaştiradi. Şuningdek, universitetda sun’iy intellekt va informatika böyiça xalqaro doktorantura dasturlari işga tuşirilib, yoş mutaxassislar uçun yangi imkoniyatlar yaratilmoqda.