O‘zbekiston | 16:16 / 05.05.2021
19424
2 daqiqa o‘qiladi

Bepul tibbiy yordam olish huquqini beruvchi order berish tizimi o‘zgaradi

Prezident “Sog‘liqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlarni izchil davom ettirish va tibbiyot xodimlarining salohiyatini oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish to‘g‘risida”gi farmonni imzolaydi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda 2021 yil 1 noyabrga qadar bepul tibbiy yordam olish huquqini beruvchi order berish tizimini axborot texnologiyalarini qo‘llagan holda joriy etadi. Bunda:

  • ehtiyojmand oilalarni “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga muvofiq aniqlash;
  • imtiyozli toifadagi shaxslar uchun Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan davolanadigan kasalliklar ro‘yxati, tibbiy xizmatlar hajmi va tibbiyot muassasasining darajalarini Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda belgilash;
  • imtiyozli toifadagi shaxslarga davlat tomonidan kafolatlangan tibbiy xizmatlar hajmi, turi va kasalliklar ro‘yxatidan tashqari ko‘rsatiladigan tibbiy va boshqa yordamlar qo‘shimcha hisoblanishi hamda ular tomonidan belgilangan tartibda haq to‘lanishi nazarda tutiladi.

Moliya vazirligi respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlarida bepul davolanishga orderlar berish uchun O‘zbekiston prezidenti topshiriqlariga asosan hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish tadbirlari uchun budjet parametrlarida nazarda tutilgan mablag‘lar hisobidan 2021 yilda Sog‘liqni saqlash vazirligiga qo‘shimcha 80 milliard so‘m mablag‘ ajratadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid