Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Navoiyda dahshatli avtohalokat oqibatida 3 kishi vafot etdi
3 may kuni Qiziltepa tumani hududida 3 kishining o‘limi bilan yakun topgan ayanchli avtohalokat sodir bo‘ldi. Bu haqda Kun.uz'ga Navoiy viloyati IIB YHXB axborot xizmati rahbari Farrux Yakubov xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, Kogon-Qiziltepa yo‘nalishida harakatlanib kelgan «Tracker» mashinasi tuman hududidan o‘tgan 4R-63 avtomobil yo‘lining 24-kilometrida yuqori tezlik tufayli yo‘ldan chiqib ketgan.
Mashinadagi yo‘lovchilardan 2 nafari voqea joyida, 1 nafari esa shifoxonada vafot etgan. Hozirda holat yuzasidan haydovchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq Karmana tumanida mast holdagi 58 yoshli fuqaroni «Matiz» mashinasi urib yuborgan, oqibatda u shifoxonada vafot etgandi.
Mavzuga oid
19:07 / 23.05.2026
O‘smir svetoforda ham to‘xtamagan: Qo‘qondagi mudhish avtohalokat tafsilotlari
15:10 / 30.04.2026
Samarqand shahridagi avtoavariyada PPX xodimi halok bo‘ldi
20:28 / 18.06.2025
Xorazmda Tico ag‘darilib, 18 yoshli yigit halok bo‘ldi
16:52 / 01.01.2025