O‘zbekiston | 09:23 / 05.05.2021
18035
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston hududiga nam va biroz salqin havo oqimi kirib keladi

5-7 mayda O‘zbekiston hududiga Kaspiy dengizi orqali Kavkaz hududlari ustida shakllangan nam va deyarli salqin havo massalari kirib keladi.

“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, 5-7 may kunlari respublika bo‘yicha ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 5-6 may kunlari tog‘oldi va tog‘li hududlarda kuchli bo‘lishi mumkin.

5-6 mayda shamolning tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, 5 mayda 23-25 m/s gacha kuchayishi mumkin.

5-7 may kunlari respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel kelishi xavfi mavjud.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid